So’nggi yangiliklar

11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  1 11:25Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  0 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  4 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  7 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  4 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4

Ayollar futboli. Ayrim futbolchi va mutaxassislar kelishilgan o'yinlarda qatnashganligi, totalizatorlik faoliyati bilan shug'ullangan shahslarga yordam berganligi uchun jazolandi Yangiliklar

Ayollar futboli. Ayrim futbolchi va mutaxassislar kelishilgan o'yinlarda qatnashganligi, totalizatorlik faoliyati bilan shug'ullangan shahslarga yordam berganligi uchun jazolandi

O'FA Etika qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston futbol associaciyasi Futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspekciyasi tomonidan 2020 yil 5 oktyabrda kelishilgan o'yinlarda qatnashish, totalizatorlik faoliyati bilan shug'ullanish bo'yicha ayollar futbol klublari vakillari bilan profilaktik suhbat o'tkazilganligiga qaramasdan ayollar futbolida ushbu faoliyat bilan shug'ullangan shahslar aniqlandi.

Futbol sohasida faoliyat yuritgan sobiq mutaxassislar hamda ushbu sohaga aloqador bo'lmagan shahslar tomonidan “Guli” (Navoiy), “Navbahor” (Namangan), “Metallurg” (Bekobod) va “Bunyodkor” (Toshkent) ayollar klubi vakillarining ko'rsatmalariga asosan ularga haq evaziga kelishilgan o'yinlarda qatnashish va totalizatorlik faoliyati bilan shug'ullanish bo'yicha taklif bilan chiqilganligi malum bo'ldi.

O'rganishlar natijasida ayrim futbolchi va mutaxassislar yuqorida tilga olingan shahslarning takliflariga rozilik bildirib, o'ziga aytilgan noqonuniy vazifalarni bajarganligi ham fosh etildi.

Aniqlangan holatlar bo'yicha O'FA maxsus inspekciyasi tomonidan tegishli malumotlar to'planib, O'FA Etika qo'mitasiga ko'rib chiqish va qaror qabul qilish uchun topshirildi.

Taqdim etilgan malumotlar bo'yicha O'FA Etika qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi hamda ayrim futbolchi va mutaxassislar kelishilgan o'yinlarda qatnashganligi, totalizatorlik faoliyati bilan shug'ullangan shahslarga yordam berganligi uchun 1 yildan 5 yilgacha bo'lgan muddatlarga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlatildi.

Mazkur qaror O'FA tomonidan rasmiy tarzda elon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspekciyasi futbol sohasida shubha ostiga olingan vaziyatlar, futbol o'yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga tasir o'tkazish maqsadida kelishuvlarda ishtirok etish bo'yicha o'rganish ishlarini davom ettirmoqda.

Noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda O'FA Etika qo'mitasi tegishli tartibda ko'rib chiqib, yakuniy qarorlarni qabul qiladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика