"Ayntraxt" darvozaboni MYUning qiziqishlari haqida fikr bildirdi
25 avg 2022 21:48
Yangiliklar
"Ayntraxt" darvozaboni MYUning qiziqishlari haqida fikr bildirdi
Frankfurt klubining 32 yoshli germaniyalik darvozaboni Kevin Trapp Angliya klubidan tushgan taklif bo'yicha o'z poziciyasini tushuntirdi.
“Men dunyoning eng yirik klublaridan biri bo'lgan "Manchester Yunayted"dan yozma taklif oldim. Kecha ikki klub vakillariga ham "Ayntraxt"da qolishga qaror qilganimni aytdim", – dedi Trapp.
Kevin “burgutlar” safida 2012 yildan buyon to'p tepadi. Avvalgi mavsumda u "Ayntraxt" bilan Evropa Ligasida g'olib chiqqandi. Trappning "burgutlar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Fikrlar