Aybek Nurboev “Qo'qon-1912” bilan shartnomasini uzaytirmagan
30 dek 2015 08:00
Yangiliklar


Aybek Nurboev “Qo'qon-1912” bilan shartnomasini uzaytirmagan
Yaqinda “Qo'qon-1912” rasmiy saytida himoyachi Aybek Nurboev bilan amaldagi bitim uzaytirilgani haqida xabar chop etilgandi.
Ammo keyinchalik futbolchining bizga xabar qilishicha, Nurboev rahbariyat bilan bu borada kelishuv qilmaganini bildirdi. Qoraqalpog'istonlik futbolchi davralar oralig'ida “Neftchi”dan “Qo'qon-1912”ga mavsum so'nggiga qadar ijara asosida kelgandi. Endilikda 27 yoshli himoyachi erkin agentga aylangan. Ayni paytda unga oliy liganing ayrim klublaridan qiziqish bo'lmoqda. Lekin futbolchi hozircha aniq bir to'xtamga kelmaganini takidladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar