“Ayaks”ning evrokuboklardagi antirekordi yangilandi
05 okt 2022 09:55
Yangiliklar


“Ayaks”ning evrokuboklardagi antirekordi yangilandi
CHempionlar Ligasi 3-turida “Ayaks” uyda “Napoli”ga 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mezbonlar safida Muhammad Qudus raqib darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, neapolliklar safida Jakomo Raspadori dublga erishdi va Jovanni Di Lorenco, Pyotr Zelinski, Xvicha Kvaracxeliya hamda Jovanni Simeone o'z nomini tabloga yozdirdi.
Amsterdamliklar tarixda ilk bor evrokubok doirasidagi uchrashuvda o'z darvozasidan 6 ta to'p olib chiqdi. Bundan oldingi antirekord 1980 yil “Bavariya” bilan bahsda qayd etilgandi – 1:5.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar