"Ayaks" va "Tottenxem" Bergveynning 30 mln evrolik transferi borasida kelishuvga erishdi. MYU va "Everton" 40 mln evrodan ortiq bermoqchi edi, ammo o'yinchi "Ayaks"ni tanladi
04 iyu 2022 18:47
Yangiliklar
"Ayaks" va "Tottenxem" Bergveynning 30 mln evrolik transferi borasida kelishuvga erishdi. MYU va "Everton" 40 mln evrodan ortiq bermoqchi edi, ammo o'yinchi "Ayaks"ni tanladi
"Ayaks" va "Tottenxem" vinger Steven Bergveynning transferi borasida kelishuvga erishdi.
Niderlandiya klubi 24 yoshli futbolchi uchun 30 mln evro to'laydi. Bergveyn "Ayaks" bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Qayd etish kerakki, "Everton" va "Manchester Yunayted" Steven uchun 35 mln funt (40,6 mln evro) to'lashga tayyor edilar, ammo o'yinchi "Ayaks"ga yo'l olishni xohladi.
Steven 2009-2011 yillar davomida "Ayaks" tizimida bo'lgan, so'ngra esa PSVga yo'l olib, u erda 2020 yilga qadar harakat qilgan.
Bergveyn "Tottenxem"ga 2020 yilning qishida o'tgan edi. U o'tgan mavsum London klubi safida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar