"Ayaks" "Tottenxem" o'yinchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
2 apr 2020, 18:44
"Ayaks" yozda "Tottenxem" himoyachisi Yan Vertongen bilan shartnoma imzolamoqchi.

32 yoshli belgiyalik futbolchining London klubi bilan tuzgan shartnomasi iyulda yakuniga etadi, shu sababdan Niderlandiya klubi o'yinchiga shartnoma taklif qilmoqchi.

Xabar qilinishicha, shaxsan "Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag Yan Vertongen bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.

Belgiyalik futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ziggo