"Ayaks" o'yin payti xushidan ketgan futbolchisini qo'llab-quvvatladi

Tolibjon Qosimov
10 iyul 2017, 21:34
"Ayaks" klubi "Verder"ga qarshi o'rtoqlik o'yini payti xushidan ketgan yarim himoyachi Abdulhaq Nurini qo'llab-quvvatladi.

Amstyerdamliklar rasmiy do'konlariga 34 raqam tushirilgan uchta manekenni qo'yishdi. Manekenlarga "Stay Strong Appie" ("Kuchli bo'l, Appi") yozuvi tushirilgan.

Eslatib o'tamiz, 20 yoshli Nuri o'yin payti xushidan ketgach, uni vertolyot yordamida evakuaciya qilishgan edi. Ayni paytda uning sog'lig'iga hech narsa xavf solmayotgani aytilgan.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/FIFAcom