“Ayaks” ijrochi direktori shartnomasini uzaytirdi
16 noy 2019 01:45
Yangiliklar


“Ayaks” ijrochi direktori shartnomasini uzaytirdi
Amsterdamning “Ayaks” klubi rasmiy Tviter sahifasi klub ijrochi direktori Edvin Van Der Sar bilan amaldagi shartnoma uzaytirilganligini malum qildi.
Yangi kelishuv 2023 yilning noyabriga qadar amalda bo'ladi.
49 yoshli van der Sar 1990-1999 yillarda futbolchi sifatida “Ayaks” sharafini himoya qilgan. Sobiq darvozabon amsterdamliklar safida to'rta marta Gollandiya chempioni va bir marta Evropa chempionlari ligasida zafar quchgan. 2012 yilda gollandiyalik mutaxassis klubga qaytib, marketing direktori sifatida ish boshladi. 2016 yildan boshlab u klubda ijrochi direktor sifatida ish yuritib kelmoqda.
“Ayaks” ayni paytda 35 ochko bilan Gollandiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. ECHLning N guruhida esa “CHelsi” va “Valensiya” jamoalarini qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ortda qoldirib, 1-o'rinni egalab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar