"Ayaks" futbolchisi "Manchester Siti"da o'ynashni orzu qiladi
15 apr 2020 10:44
Yangiliklar
"Ayaks" futbolchisi "Manchester Siti"da o'ynashni orzu qiladi
"Ayaks" o'yinchisi Edson Alvares "Siti"da o'ynashni xohlashini yashirib o'tirmadi.
"Agar qachondir "Manchester Siti" tarkibida o'ynasam, ajoyib bo'lar edi. Men yoshligimdan ushbu klubning ashaddiy muxlisiman, agar ular menga taklif yuborishsa, hech ikkilanmasdan "Manchester Siti"ga borardim", - deydi Alvares.
Meksika terma jamoasining 22 yoshli o'yinchisi 2019 yilning yozida "Ayaks"ga "Amerika"dan o'tgan edi.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 11
Fikrlar