"Ayaks" De Ligtning narxini sezilarli darajada oshirib yubordi
04 iyu 2019 20:14
Yangiliklar


"Ayaks" De Ligtning narxini sezilarli darajada oshirib yubordi
"Ayaks" rahbariyati o'z himoyachisi Matteys De Ligtning transferidan ko'proq mablag' ishlab olmoqchi.
"Tuttosport" xabariga ko'ra, amsterdamliklar himoyachi borasidagi 67 million evro hamda bonus tarzida taqdim etilishi mumkin bo'lgan 13 million evrolik taklifga rad javobini berishgan. Endi himoyachining narxi 87 million evro qilib belgilandi. Ayni damda dunyoning eng qimmat himoyachisi bo'lib turgan Virjil van Deyk "Liverpul"ga 85 million evro evaziga ko'chib o'tgan.
Oldinroq 19 yoshli futbolchi "Yuventus" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib qo'ygani borasida malumotlar berilgandi. Endi klub rahbarlari o'zaro kelishib olishsa, transfer amalga oshishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar