So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  4 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Axbor Imomxo'jaev: Yangi g'oyalarni qoralamasdan, hammamiz yangi rahbariyatga ko'mak berishimiz kerak Yangiliklar

Axbor Imomxo'jaev: Yangi g'oyalarni qoralamasdan, hammamiz yangi rahbariyatga ko'mak berishimiz kerak

Teglar :  Axbor Imomxo'jaev
O'zbek futbolining otaxoni, taniqli futbol jurnalisti Axbor Imomxo'jaev O'zbekiston Futbol Federaciyasining yangi rahbariyati tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish, o'zbek futbolini yangi bosqichga olib chiqish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Avvalambor, barcha yurtdoshlarimiz kirib kelayotgan yangi yil ayyomi bilan chin ko'ngildan tabriklayman. Hamma sohada bo'lgani kabi sport sohasida ham, xususan, futbol sohasida ham 2018 yil bizda boshlagan  ishlarimiz davom etsin. Aytmoqchimanki, futbolimiz jahon va Osiyo miqyosida o'z mavqeini tiklasin.

Biz faqat o'z ichki chempionatimiz bilan cheklanib qololmaymiz. Yaqinda Tailandda bo'lib o'tgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi xalqaro turnirda Ravshan Haydarov murabbiyligidagi o'smirlarimiz ajoyib o'yin namoyish etishdi. Avval guruhdagi birinchi o'rin, keyin esa finalda Yaponiyani penaltilar seriyasida mag'lub etib yangi yil oldidan muxlislarga katta sovg'a tayyorlashdi. Yaqinda Qarshida bo'lganimda ularning akademiyasi O'zbekistonda birinchi o'rinni egallagani, aynan 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoaga ulardan 5 nafar futbolchi kiritilgani bilan faxrlanishayotganiga guvoh bo'ldim.

Bitta viloyatdan besh nafar futbolchi termaga chaqirilishini faqatgina orzu qilsa bo'ladi. Bir vaqtlar sobiq ittifoq davrida o'smirlar o'rtasidagi terma jamoaga yurtmizdan 5 futbolchi jalb etilgan edi. Yani bu ham ajoyib natija demoqchiman.

Birinchi liga, Oliy Liga mana yangicha nomlandi. Endi ular zamonaviy talablarga javob beradigan bo'lishi kerak. Aytish kerakki, stadionlarni to'ldirish masalasi hozirda oqsamoqda. Faqatgina so'nggi o'yinlarda, birinchi, ikkinchi o'rinni aniqlashda yoki Kubok finalidagina stadionlarimizga odamlar tusha boshlashdi. Mana shunday holat har bir o'yinimizda bo'lishi kerak. Qaysi liga bo'lishidan qatiy nazar biz odamlarni stadionga chaqira olishimiz kerak. Bu hammasi bizning qo'limizda. Qachonki, futbolchilarmiz, chiroyli va zamonaviy o'yin ko'rsatsa, murabbiylar ularni yaxshi yo'lga boshlashsa, muxlilar ham stadionlarga kela boshlashadi.

Federaciyada bo'layotgan o'zgarishlar haqida aytadigan bo'lsam, mana hozir ko'plab yangi kadrlar tashrif buyurishmoqda. Balki ularga hali tajriba orttirish kerakdir, lekin ularning yoshlik shijoati o'z kuchini ko'rsatishi kerak. Ular o'zlarining yangi g'oyalari bilan har bir sohani, murabbiylar, futbolchilar, hakamlar, turli yoshdagi terma jamoalar ishini o'sishiga hissasini qo'shishiga yaqinda guvoh bo'lamiz”.


Yangi format haqida

“Super ligada 12ta jamoa qolishi bir tomondan yaxshi. Birinchidan bu raqobatni oshiradi. Hozirda birinchi va so'nggi o'rinlarda borayotgan jamoalar o'rtasida kurash deyarli yo'q. Etakchilar oldindan yutishini, ular esa oldindan mag'lub bo'lishini biladi. Bu esa o'yinning ahamiyatini kamaytirib yuboradi. Ularni soni 12ta qoladigan bo'lsa, raqobat kuchayadi. Misol uchun o'tgan yili “Navbahor”, “Qo'qon-1912” va “Buxoro” jamoalari Oliy ligamizga yangilik olib kirishdi. Bu sohada “Nasaf”ni ham maqtagan bo'lardim. Qarshiliklar o'zbek klublari orasida birinchi bo'lib OFK kubogini qo'lga kiritgan.

Bir vaqtlar bu klubda taniqli murabbiylar ishlagan. Hozirda Ro'ziqul Berdiev faoliyat olib bormoqda. U bekorga uchinchi marta yiling eng yaxshi murabbiyi deb topilgani yo'q. Aynan manashunday murabbyilar ko'p bo'lishi ham kerak. Bu endi o'ziga xos eksperiment bo'ladi. Bu qanchalik bizga foydali bo'lish, bo'lmasligini esa keyingi mavsumda ko'ramiz. Meni fikrimcha bu yaxshi tomonga o'zgarish bo'ladi. Jamoalar birinchidan kuchli, ikkinchidan o'yinlar ham shunga yarasha murosasiz bo'ladi. Qaysidir klub biror raqibiga yutqazib qo'ysa, keyingi to'qnashuvda uni mag'lub etish uchun yana imkoniyatlar bo'ladi. Bundan tashqari ularning yutuq kamchiliklari ham ko'rinadi”


Jamoatchilik fikri

“Bu eksperiment. Biz tavakkalga ham qo'l urib ko'rishimiz kerak. Yangi g'oya odatda ko'pchilikda turlicha munosabatga sabab bo'ladi. Yangi g'oyalarni qoralamasdan, hammamiz yangi rahbariyatga bu borada ko'mak berishimiz kerak. O'zimizdan ham yangi fikrlarni o'rtaga tashlashimiz kerak. Murabbiylar, futbolchilar va hakamlar malakasini oshirish uchun futbol sohasi rivojlangan mamlakatlarga ularni yuborishimiz kerak. O'shanda tajriba ham oshib boradi. O'zbekiston Futbol Federaciyasi aynan mana shu jihatga ahamiyat qaratayotgani juda quvonarli.


Kitoblar hakida

“Hozirgacha sport va futbol sohalarida yozgan kitoblarim soni 9taga etdi. Menga esa 11 soni yoqadi. SHuning uchun ketma ket ikkita kitobim chiqishi kerak. Bu o'zbek futbolining enciklopediyasi bo'lishi kerak. O'zbekistondagi eng yaxshi murabbiylar, futbolchilar, jurnalistlar, homiylar va futbolga yordam bergan davlat rahbarlarini xalqqa ko'rsatishga harakat qilmoqchiman. Hozir kitobning 90 foiz materiali tayyor. Kitobning nomi “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim haqida” deb atalgan. Bu kitobda o'zbek futbolining 100 yilligi haqida yozilgan.

Hozircha kitobga 237 nafar odam kiritilgan. Bu odamlarning deyarli hammasini uylariga bordim. Ularning ko'pchilik ko'rmagan suratlari va ular haqidagi qiziqarli malumotlarni jamlashga hakarakat qildim. Yanvarning oxirida o'zbek tilidagisini, fevralning oxirida esa kitobning rus tilidagi sonini chiqarishni niyat qilganmiz. Hozircha kitob rasmlarsiz 700 betdan iborat.

Rasmlar bilan ming betga yaqin.  Bu kitob haqidagi yangilikni eshitganlaridan so'ng O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov: “Bu qilgan mehnatlaringiz uchun kitobni hamma xarajatlarini o'zimiz ko'taramiz va ularni yurtimizdagi barcha jamoalarga, ularning akademiyalariga, internatlarga, hakamlarga etkazib beramiz, qo'rqmasdan ishingizni davom ettiravering, deb aytdilar. Bu gaplardan keying qayta tug'ilgandek bo'ldim. Buning uchun ularga katta rahmat aytaman”

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика