Axbor Imomxo'jaev xotira turniri. O'FA hakamlarni mag'lub etdi, Paxtakor faxriylari so'nggi soniyada "Championat.asia" bilan durang o'ynadi
08 iyu 2024 07:31
Yangiliklar
Axbor Imomxo'jaev xotira turniri. O'FA hakamlarni mag'lub etdi, Paxtakor faxriylari so'nggi soniyada "Championat.asia" bilan durang o'ynadi
Musobaqaning ilk kuni Ravshan Irmatov boshchiligida O'FA jamoasi hakamlardan tashkil topgan O'zFHM jamoasini 7:0 hisobida aslim etdi. "Championat.asia" nashri esa «Paxtakor» faxriylariga qarshi kechgan bahsning so'nggi soniyalarida g'alabani qo'ldan chiqardi va bahs 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bahsda jamoamiz hujumchisi Tolibjon Qosimov xet-trik qayd etdi. Musobaqa nizomiga ko'ra, durang natijadan so'ng penaltilar seriyasi tashkil etildi va bunda tajribali futbol faxriylari jurnalistlarni mag'lub etishdi.
Uchrashuvda jamoalar 5+1 ko'rinishida maydonda harakat qilishdi
Kechagi uchrashuv natijalari bilan tanishing.
Sulola — Jurnalistlar 12:1
Sport TV — "Kun.uz" 1:5
O'zFHM — O'FA 0:7
Tong 2 — O'zPFL 0:1
«Paxtakor» — "Championat.asia" 3:3 (4:1 pen.seriya)
«Paxtakor»: Pavel Bugalo, Abdumajid Toirov, Akmal SHorahmedov, Sobir Xodiev, SHuhrat Maqsudov, Murod Aliev, Ravshan Rajavov, Adham Samigov.
"Championat.asia": Mirjalol Normatov, Zoir Tursunboev, Jasurbek Aslanov, Oqil Abdubarnoev, Tolibjon Qosimov, Jahongir Fayzullaev, Omonjon To'xtamirzaev, SHerzod Nurmatov, Abdulvosit Bektemirov, Bolat Bekdibekov, Nikoyal Egorichev, Nig'monxo'ja Nozimov, Gayrat Xasbiullin, Narzulla Saydullaev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar