Avstriya termasi bosh murabbiyi istefo berdi
29 mar 2022 20:03
Yangiliklar
Avstriya termasi bosh murabbiyi istefo berdi
Avstriya futbol ittifoqi milliy terma jamoa ustozi Franko Foda bilan hamkorlik to'xtatilganini malum qildi.
55 yoshli germaniyalik bugun, 29 mart kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan SHotlandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng jamoa bosh murabbiyligidan ketadi.
Eslatib o'tamiz, avstriyaliklar saralash turnirining yarim finalida Uelsga yutqazib, 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olishmadi.
Foda 2017 yilning oktyabridan beri Avstriya terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi.
O’xshash yangiliklar
01:40
Millatlar ligasi. Avstriyadan 5:1, Greciyadan g'alaba va Farer orollari - Latviya o'yinida durang 2
Fikrlar