So’nggi yangiliklar

08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  0 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  1 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  6 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  6 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  7 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  3 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  10 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  20 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  3 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2

Avstraliya termasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston bilan o'yin biz uchun juda muhim. Guruhda birinchi o'rinni egallashimiz kerak" Yangiliklar

Avstraliya termasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston bilan o'yin biz uchun juda muhim. Guruhda birinchi o'rinni egallashimiz kerak"

Osiyo kubogi "B" guruhining ikkinchi turidan o'rin olgan Suriya va Avstraliya o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng avstraliyaliklar bosh murabbiyi Grem Arnold va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Jekson Irvin matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Janob murabbiy, Suriyaga qarshi o'yin haqidagi fikringiz qanday?

- Suriya juda kuchli jamoaligi aniq edi. Raqibni juda ko'p muxlislar qo'llab-quvvatladi. Ikkinchi g'alabadan mamnunman. Oson bo'lmadi. Lekin ikkinchi o'yinda ham g'alaba qozondik. Darvozamiz ham daxlsiz qoldi.

"Juda qiyin o'yin. Gol urish o'ta qiyin bo'ldi. Ikkita o'yinda ikkita g'alaba biz uchun juda yaxshi natija hisobalanadi. Birorta gol o'tkazib yubormadik. Musobaqa juda yaxshi boshlandi", – dedi Jekson Irvin.

- Janob Grem, Irvinning bugungi o'yini haqida qanaqa fikr bildirasiz? U qatorasiga ikkinchi marta uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi...

- Yarim himoyachi bo'lishiga qaramay, Irvinda gol urish qobiliyati bor. Biz uchun muhim bo'lgan gollarni aynan u urmoqda. Tarkibimizdagi juda ko'p o'yinchilar birinchi marta Yaqin sharqda o'ynashmoqda. Irvin hozirgi Avstraliyaning muhim bo'lagi.

- Janob murabbiy, jamoangiz faqatgina bitta aniq zarba berdi. SHu haqda fikringiz...

- Suriya 10 ta futbolchi bo'lib himoyalanyapti. Bunday jamoaga gol urish qiyin. Reallik shu. Himoyaviy jamoaga gol urish oson emas. Muhimi, biz gol o'tkazmadik. 

- Jekson, bugun yana gol urding. Suriyaga qarshi o'yin qanchalik qiyin bo'ldi?

- Biz bu turnirda har xil raqiblarga qarshi o'ynamoqdamiz. Hindiston umuman boshqa uslubda futbol o'ynadi. Suriya esa butunlay boshqacha jamoa. O'yinda ustunlikka erishgandik, oxirida g'alaba qozonishni uddaladik.

- Allaqachon keyingi bosqich masalasini hal qildingiz. O'zbekiston bilan bo'ladigan o'yin Avstraliya uchun ahamiyatga egami? O'zbekiston termasi haqida fikringiz qanday?

- Albatta, O'zbekiston bilan o'yin biz uchun juda ham muhim. Guruhda birinchi o'rinni egallashimiz kerak. SHunda keyingi raqiblar o'z o'zidan osonroq bo'ladi. Maqsadimiz – chempionlik. Birinchi o'rinni egallasak, bu maqsadga engilroq etib borishimiz mumkin bo'ladi.

- Darvozaga birgina aniq zarba berdingiz va gol urdingiz. Suriya jamoasi sizni hayron qoldira oldimi?

- Har safar Suriyaga qarshi o'ynasak, qiynalamiz. Yaxshi manoda Suriya bizni xayron qoldirmadi, chunki gol urish juda qiyin bo'lishini bilardik. Uch ochko eng muhimi. Omadimiz kelib qoldi, demagan bo'lardim. O'yin kartinasini aynan biz nazorat qildik. 

Jalolxon Inog'omxo'jaev

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика