Avstraliya terma jamoasi tarkibida yo'qotish
22 jan 2024 15:25
Yangiliklar
Avstraliya terma jamoasi tarkibida yo'qotish
Avstraliya terma jamoasi tarkibida dastlabki yo'qotish. O'zbekistonga qarshi kechadigan uchrashuvda Avstraliya terma jamoasi futbolchisi maydonga tusha olmaydi.
Avstraliya terma jamoasi hujumchisi Mitchell Dyuk O'zbekiston terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Saytimizga etib kelgan malumotlarga ko'ra "Sokkeruz" azosi son qismidan olgan jarohati sababli terma jamoamizga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi.
Malumot o'rnida, Mitchell Dyuk markaziy hujumchi poziciyasida o'ynaydi va Suriya hamda Hindiston terma jamoalariga qarshi kechgan uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.
Fikrlar