So’nggi yangiliklar

14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   4 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  9 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  19 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13

Avstraliya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston terma jamoasi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan" Yangiliklar

Avstraliya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston terma jamoasi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan"

Parij-2024 Olimpiadasiga saralash doirasida o'tkazilgan O'zbekiston - Avstraliya (0:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Avstraliya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Toni Gustavsson va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Merri Favler ishtirok etishdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Birinchi navbatda O'zbekiston terma jamoasiga rahmat aytaman. Terma jamoangiz bugun munosib o'yin namoyish etdi. Ayniqsa jamoangiz juda yaxshi himoyalandi. Mening fikrimcha bugungi uchrashuvda ko'proq gol urishimiz mumkin edi, biroq o'zimiz yaratgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik.

- Bugungi o'yinga etib kelish uchun uzoq masofa bosib o'tdingizlar. Avstraliyada bo'lib o'tadigan o'yinda bugun maydonda harakat qilgan futbolchilarga dam berasizmi? Sababi ularning jismoniy holati bo'yicha muammolar bo'lishi mumkin.

- Yaxshi savol. Uzoq masofa har doim qiyinchiliklar tug'diradi, ammo bizning ko'pgina futbolchilarimiz Evropada o'ynashadi. Avstraliyada bo'lib o'tadigan o'yinda muxlislar stadionni to'ldirishadi va bizni qo'llab quvvatlash turishiga ishonaman.

- Ikki uchrashuvdan iborat to'qnashuvlarda ishtirok etish qanchalik qiyin?

- Bunday o'yinlarda tajriba ko'p narsani hal qiladi. Bugungi bahsda biz darvozamizdan gol o'tkazmadik va ushbu jihat bizga katta ustunlik beradi. Javob uchrashuvida ham g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz.

Merri Favler

- Bugungi uchrashuv haqidagi fiklaringiz?

- O'zbekiston terma jamoasi bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Birinchi taymda gol ura olmadik va shu sababli biroz bosim bor edi, ammo ikkinchi bo'limda vaziyatni to'g'irlay oldik va g'alaba qozondik.

- Bugun qorli ob-havoda o'ynash qanchalik qiyin bo'ldi?

- Biz ushbu sharoitga ko'nikishga harakat qildik. Evropa va Avstraliyada asosan issiq havo bo'ladi va qorli ob-havoda o'ynash biroz noodatiy holat.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика