Avraam Papadopulos: "MYU" mukammallikdan ancha uzoq o'yinlar namoyish etmoqda"
17 dek 2013 17:31
Yangiliklar


Avraam Papadopulos: "MYU" mukammallikdan ancha uzoq o'yinlar namoyish etmoqda"
"Olimpiakos" himoyachisi Avraam Papadopulosning fikricha, CHempionlar Ligasi 1/8 finalida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda uning jamoasida g'alaba uchun imkoniyat mavjud.
"Manchester Yunayted" so'nggi vaqtlarda mukammallikdan ancha uzoq o'yinlar namoyish etmoqda. Biroq bu bizni chalg'itib qo'ymasligi kerak. "MYU" - tajribali jamoa va biz ijobiy natija qayd etish uchun qattiq mehnat qilishimiz lozim. Ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar ko'p. Ikki oydan keyin biz yanada kuchliroq bo'lamiz", dedi futbolchi.

Fikrlar