So’nggi yangiliklar

00:22"Челси" футболчиси камида бир ойга сафдан чиқди  0 00:04Европа лигаси. "Андерлехт" - "Фенербахче" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 23:45"Манчестер Сити" собиқ футболчиси: "Эркаклар болаларни мағлуб қилди"  13 23:13"Андижон" назорат ўйинида Чехия жамоасига йирик ҳисобда ютқазди  3 22:47Капелло А Серия жамоаларининг ЕЧЛдан чиқиб кетгани сабабини айтди  1 22:26"Бавария" 125 йиллигига бағишланган либосини тақдим қилди  0 21:57Европа лигаси. "Рома" - "Порту" баҳси асосий таркиблари маълум!  44 21:39"Интер" посбони бармоғини синдириб олди  1 21:15Камрон Саидазимов – "Шўртан" футболчиси!  0 20:59Назорат ўйини. "Қизилқум" Грузия жамоасини мағлуб қилди  0 20:45"Хоразм" назорат ўйинида Россия жамоасига ютқазди  2 20:29"Локомотив" назорат ўйинида "Шериф"га мағлуб бўлди  1 20:15Лига U-21 чемпионати учрашувларининг тўлиқ тартибда ўтказиш масъулиятини ўз зиммасига олмайди  0 20:01"Насаф" Туркияда Молдова клубига мағлуб бўлди  3 19:39"Динамо" Самарқанд Қозоғистон чемпионати гранди билан баҳсда дуранг қайд этди  1

"Atletiko" turli vaziyatlarga moslashuvchan jamoa bo'lishida yordam berayotgan futbolchi haqida Yangiliklar

"Atletiko" turli vaziyatlarga moslashuvchan jamoa bo'lishida yordam berayotgan futbolchi haqida

Markos Lorente so'nggi yillar ichida "Atletiko"ning eng muhim futbolchilaridan biriga aylana oldi.

Uning tezligi, uzoq masofadan beradigan zarbalari, mahorati va universalligi jamoa o'yin vaqtida raqibga qarshi tura olishi, maydon markazida yarim himoyachilarning turli kombinaciyalarda o'ynashiga imkon yaratib berishini takidlash lozim. Bugun Ispaniyaning eng yaxshi hujumkor yarim himoyachilaridan biri haqida suhbatlashamiz.


"Atletiko"ga o'tish va yarim yillik moslashuv jarayoni

Markos 2019 yil yozida "Atletiko"ga o'tdi. U Tomasga o'rinbosar sifatida kelgan va avvaliga hammasi shunday ham bo'lgandi. Lorente kamdan-kam hollarda asosiy tarkibda, ko'proq zaxiradan maydonga tushardi. Ochig'ini aytadigan bo'lsak, u tayanch yarim himoyachi poziciyasida yaxshi o'yin ko'rsatmadi, raqamlar buning yorqin isboti. Qolaversa, u Tomasdan ikki barobar kam maydonga tushdi.

Markosning hujumdagi o'yinidagi burilish nuqtasi sifatida "Enfild"dagi uchrashuv qaraladi, ammo raqib maydonidagi harakatlar borasidagi potencialini Lorente aynan "Mestalya"da "Valensiya"ga qarshi o'yinda (2:2) ko'rsata boshlagan. O'shanda CHolo ilk marta Lorenteni tayanch o'yinchi sifatida emas, hujumga yaqinroqda haraat qilgandi. Simeone adashmadi, o'sha bahsda Markos haqiqiy hujumchilar kabi jarima maydoniga yorib kirdi va gol urdi.


Markos nafaqat hujumda o'yinni o'qiy olish, balki jarima maydoniga yorib kirish va zarbalarda ham o'sdi

SHubhasiz, Markosning asosiy mahorati shundaki, u jarima maydonida doimiy ravishda harakatlanadi, tez-tez raqib jamoaning chap qanotidan jarima maydonchasiga yugurib kiradi va o'z tezligi bilan himoyachilarni yanchib tashlaydi. SHuningdek, u korpus bilan ham ajoyib o'ynash qobiliyatiga ega. Biroq Markosni raqobatdoshlaridan ajratib turadigan narsa faqatgina fizika emas. "Atletiko"da uning yangi qirralari kashf qilindi — uzoqdan berilayotgan ajoyib zarbalar, jarimadan gol urishi, masalan 2020 yili Markos ligadagilar ichida jarima maydonidan eng ko'p gol urgan o'yinchi bo'ldi (5ta).


Lorentening maydondagi gibrid roli va uning universalligi "Atletiko"ga yanada moslashuvchan jamoa bo'lishida yordam bermoqda

Lorentening hujumkorlik qobiliyatlari namoyon bo'lganidan so'ng, murabbiy Markosni turli poziciyalarda sinab ko'rdi. Masalan, u maydon markazida ham, yarim himoya qanotida ham, ikkinchi hujumchi rolida ham o'ynab ko'rdi. Ammo Lorente o'ng qanot yarim himoyasida ayniqsa samaradorlik namoyish etdi. Lekin uning roli biroz g'ayrioddiy edi: ikkinchi hujumchi kim bo'lishidan (Feliks yoki Korrea) qatiy nazar, ular bilan tez-tez o'rin almashardi. Va bu unga raqibni chalg'itishi hamda sheriklariga ko'mak berishida as qotardi.

Hozir esa Simeone Lorenteni markazga ham qo'yishi va shu yo'l bilan o'ta engil yarim himoya chizig'ini hosil qiladi Markos, Koke va Saul. Lorentening jismoniy holati va Koke hamda Saulning himoyalanishdagi foydali harakatlari markazdagi kentikni to'ldiradi.

SHuningdek, Markos talab qilinsa, jamoa mudofaasida juda foydali o'yinchi. U sheriklarini qo'llab-quvvatlash uchun malum vaqt muammoli zonani yopishi mumkin. Keyin ko'p o'tmay o'z poziciyasiga qaytib oladi. Statistika aldamaydi. Lorente taxminan 50 marta to'pni yo'qotgach, o'z jamoasiga qaytarib olib bergan.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика