"Atletiko" Xenderson uchun PSJ bilan kurashishi mumkin
20 iyu 2021 09:01
Yangiliklar
"Atletiko" Xenderson uchun PSJ bilan kurashishi mumkin
"Atletiko" PSJ bilan "Liverpul" sardori Jordan Xendersonning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
31 yoshli angliyalik futbolchi o'tgan mavsumni jarohati sabab omadsiz o'tkazdi. Jordan bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi, shu sabab Xenderson klubini o'zgartirish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
"Atletiko" Xenderson yozda "Vanda Metropolitano"dan ketishi mumkin bo'lgan Saul Nigesga yaxshi o'rinbosar bo'la oladi deb hisoblamoqda.
Futbolchi "Liverpul" safida umumiy 390ta rasmiy o'yinda ishtirok etib, 30ta gol urishga erishgan.
Fikrlar