"Atletiko" va "Chelsi" Madridda o'ynashmaydi

Alisher
10 fev 2021, 10:16
Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi dastlabki o'yin "matraschilar"ning uyida bo'lmaydi.

Ispaniya hukumati Buyuk Britaniyadan aviaqatnovlar taqiqini 2 martga qadar uzaytirdi. Shunday ekan "Atletiko" - "Chelsi" o'yini 23 fevralda "Vanda Metropolitano"da o'tkazilmaydi.

Bahs Italiya (Genuya) yoki Vengriya (Budapesht)da o'tkazilishi mumkin.

Oldinroq xabar berilganilek, "Real Sosedad" va MYU o'rtasidagi Yevropa Ligasi 1/16 final ilk o'yini Turinda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS