"Atletiko" va "Arsenal" franciyalik o'yinchilarni almashishlari mumkin
21 may 2020 10:20
Yangiliklar


"Atletiko" va "Arsenal" franciyalik o'yinchilarni almashishlari mumkin
Lyakazett Ispaniyaga, Lemar esa Angliyaga yo'l oladi.
"Atletiko" mavsum yakunlanganidan so'ng o'z xavbeki Toma Lemarni Aleksendr Lyakazettga almashish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.
Lyakazett muntazam ravishda CHempionlar Ligasida o'ynashni istaydi, shu sabab Ispaniyada ishlari yurishmayotgan Lemar bilan almashinuv bo'lishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, klublar buni qishda ham tahlil qilishgan, ammo tomonlar transferning so'nggi detallarida kelisha olishmagan va bu bitim yozga qoldirilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar