"Atletiko" prezidenti - 300 ming evrolik jarima haqida: "Vahima qiladigan narsa emas. Bu haqida o'ylashni istamayman"
19 sen 2019 00:30
Yangiliklar
"Atletiko" prezidenti - 300 ming evrolik jarima haqida: "Vahima qiladigan narsa emas. Bu haqida o'ylashni istamayman"
"Atletiko" prezidenti Enrike Serezo hujumchi Antuan Grizmanning transferidagi bir qancha noqonuniy ishlar bo'lgani uchun "Barselona" 300 ming evro jarimaga tortilgani borasida gapirdi.
"Yuristlarimiz bu borada ishlashyapti. 300 ming evrolik jarima unchalik vahima qiladigan jiddiy narsa emas. Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi", - dedi Sereso.
Ushbu jarima "Barselona" Grizmann bilan belgilangan vaqtdan oldin muzokaralarni boshlagani uchun berildi.
Fikrlar