"Atletiko" Markos Alonsoga qiziqish bildirmoqda
24 jan 2022 11:31
Yangiliklar
"Atletiko" Markos Alonsoga qiziqish bildirmoqda
Madridning "Atletiko" klubi "CHelsi" himoyachisi Markos Alonsoga qiziqmoqda.
31 yoshli ispaniyalikning o'yini "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeonega juda ham yoqadi. "Atletiko" Alonso bilan 2019 yildayoq shartnoma imzolamoqchi edi, ammo klub yana bunga harakat qilib ko'rishi mumkin.
Ammo, Alonso hozirda "CHelsi"dagi yagona chap qanot himoyachi, Ben CHilvell jarohati sabab mavsum so'nggiga qadar safdan chiqqan. SHu sabab Alonsoning transferini yanvarda emas, yozda amalga oshirish haqiqatga yaqinroq.
Alonso joriy mavsum "CHelsi" safida barcha musobaqalarda 1ta gol va 3ta assist qayd etdi. Uning "ko'klar" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar