"Atletiko" Lorentening maoshini yuqorilashga qaror qildi
11 may 2021 15:40
Yangiliklar


"Atletiko" Lorentening maoshini yuqorilashga qaror qildi
"Atletiko" o'z tarkibida yarim himoyachi Markos Lorenteni saqlab qolmoqchi.
"Matraschilar" rahbariyati futbolchining o'yinlaridan qoniqmoqda va unga yaxshilangan shartnoma taklif qilishga tayyor.
Ko'plab Evropaning top-klublari qiziqishiga qaramasdan, Lorente "Atletiko"dan ketmoqchi emas. Xabarlarga ko'ra, menejerlar o'yinchini qadrlashadi va uning vakillari bilan maoshi oshirilgan holda bitimni uzaytirish borasida muzokaralar olib borishmoqda.
26 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 10ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar