“Atletiko” La Ligada 22 uchrashuvdan buyon mag'lub bo'lmayapti

1 noya 2020, 08:15
Ispaniya chempionati 8-turi doirasida “Atletiko” o'z maydonida “Osasuna”dan (3:1) ustun keldi.

Ushbu g'alabadan keyin  madridliklar La Ligadagi mag'lubiyatsiz seriyalarin 22 uchrashuvga etkazishdi. So'nggi martda ular 2020 ilning 1 fevralida “Real”ga (0:1) imkoniyatni boy berishgandi. 

Ayni paytda Diego Simeone jamoasi 13 g'alaba va 9 durang qayd etgan.

22 mag'lubiyatsiz o'yin – La Liga tarixidagi hozircha 4-natija bo'lib turibdi. 1994 yili “Deportivo” ham shunday natijani qayd etgan. 

La Liga tarixida mag'lubiyatsiz seriyani qayd etish borasida “Barselona” (43 o'yin, 2017/2018), “Real Sosedad”(38 o'yin, 1979/80), “Real” (31 o'yin, 1988/1989) jamoalari yetakchilik qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports