"Atletiko" klub tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan o'yinchisini saqlab qolmoqchi
16 mar 22:52
Yangiliklar
"Atletiko" klub tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan o'yinchisini saqlab qolmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Koke Ispaniya poytaxtida qolishi mumkin.
Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, klub boshqaruvchilari yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlashdi.
Koke Diego Simeone jamoasining o'zgartirib bo'lmas muhim elementi hisoblanadi. U joriy mavsum 38ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi.
Ammo, "Atletiko" afsonasining klub bilan bitimi mavsum so'nggida yakuniga etadi. Agar yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishilsa, 32 yoshli futbolchi "Atletiko"da qoladi.
Koke butun futbolchilik faoliyatini "Atletiko"da o'tkazmoqda. U klub safida 624ta o'yinda maydonga tushib, 47ta gol va 116ta assist qayd etdi va "roxiblankos" safida eng ko'p o'yin o'tkazgan o'yinchi hisoblanadi.
Fikrlar