"Atletiko" hujumchisi 48 soat ichida "Milan"ga o'tadi
26 avg 2019 16:51
Yangiliklar


"Atletiko" hujumchisi 48 soat ichida "Milan"ga o'tadi
"Atletiko" hujumchisi Anxel Korrea tez orada Milan klubiga o'tadi.
U "matraschilar"ning asosiy jamoasida mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi va individual tarzda shug'ullanmoqda.
"Atletiko" hujumchining transferini amalga oshirmoqchi. Bitim yaqin 48 soat ichida imzolanishi mumkin.
Italiya klubi Korrea uchun 42 million evro to'laydi va futbolchining keyingi sotuvidan "Atletiko"ga 30 foiz ulush beradi.
Forvardning "Atletiko" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar amal qiladi. U jamoa 2015 yilda kelgan bo'lib, bunga qadar 178ta o'yinda ishtirok etib, 30ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar