"Atletiko" himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
07 okt 2023 14:29
Yangiliklar
Madridning "Atletiko" klubi o'z rasmiy sayti orqali himoyachi Xose Ximenes bilan shartnoma uzaytirilganini elon qildi. Tomonlar 2028 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Urugvaylik futbolchi 2013 yildan buyon "matraschilar" tarkibida o'ynab kelmoqda. 28 yoshli markaziy himoyachi shu kungacha Madrid klubi safida 290 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
"Atletiko"ning navbatdagi o'yini 8 oktyabr kuni o'z maydonida "Real Sosedad"ga qarshi o'tadi.
Fikrlar