"Atletiko" Grizmanning o'rniga Angliyadan futbolchi topdi

20 may 2018, 04:10
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Antuan Grizmann yozgi transfer vaqtida jamoani tark etishi mumkin.

Ayni damda futbolchiga Kataloniyaning "Barselona" jamoasi asosiy da'vogar bo'lib turibdi. "Matraschilar" rahbariyati Grizmanning o'rniga boshqa futbolchi topdi. Manbaning xabar qilishicha, "Atletiko" Angliyaning "Lester" jamoasi hujumchisi Jeymi Vardi bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Eslatib o'tamiz, APL musobaqasida Vardi "Lester" tarkibida 37 uchrashuv o'tkazgan va raqiblar darvozasini 20 marotaba ishg'ol qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru