"Atletiko" futbolchisi va CHernogoriya futbol jamoatchiligi mamlakatda koronavirusga qarshi kurashish uchun pul ajratishdi
21 mar 2020 18:25
Yangiliklar
"Atletiko" futbolchisi va CHernogoriya futbol jamoatchiligi mamlakatda koronavirusga qarshi kurashish uchun pul ajratishdi
CHernogoriya futbol ittifoqi va mamlakat milliy terma jamoasi futbolchilari koronavirus bilan kurashish maqsadida tibbiy muassasalarga xayriya yordamlarini ko'rsatdilar.
Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi hujumchisi Luka Jorjevich tibbiy markazlardan biriga 20 ming evroga uskunalar sotib oldi.
"Atletiko" himoyachisi Stefan Savich CHernogoriya shifoxonalari uchun 40 ming evroga jihozlar xarid qildi, shuningdek Moykovac shahridagi sog'liqni saqlash markaziga 5 ming evro xayriya qildi. "Monako" forvardi Stevan Yovetich ham 50 ming evroni ayamadi.
CHernogoriya futbol ittifoqi Podgorica, Beran va boshqa shaharlardagi shifoxonalar uchun jami 150 ming evroga teng uskunalar xarid qilishdi.
Fikrlar