"Atletiko" futbolchisi JCHni o'ylab jamoadan ketmoqchi
20 noy 2025 14:18
Yangiliklar
"Atletiko" futbolchisi JCHni o'ylab jamoadan ketmoqchi
"Atletiko" hujumchisi Aleksander Syorlot yanvar oyida Madridni tark etish niyatida.
Ispaniyalik jurnalist Viktor Lebariya Eskutiyaning so'zlariga ko'ra, Syorlot JCH-2026 oldidan mavsumni yuqori formada yakunlash uchun to'liq 90 daqiqa o'ynash imkoniyatini beradigan jamoa qidirmoqda.
Futbolchining qarori uning Jahon chempionatiga to'liq tayyor bo'lish istagi bilan bog'liq.

Biroq transfer bu qishda amalga oshmasa, Syorlot baribir "Atletiko"ni tark etishni xohlaydi va kelasi yozni kutadi.
Norvegiyalik bu mavsumda kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi, ko'pincha zaxiradan maydonga tushdi. U "matraschilar" safida 14 o'yin o'tkazib, 2 ta to'p kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar
Har qanday holatda ham u Zamonaviy futbolning 2 GOATidan biri bolib qoladi ..