"Atletiko" Feliksni MYUga sotishni istamadi
18 avg 2022 00:12
Yangiliklar
"Atletiko" Feliksni MYUga sotishni istamadi
"Atletiko" Joau Felishni "Manchester Yunayted"ga sotishni istamayapti.
"Marca" nashrining yozishicha, Madrid klubi 135 million evroga ham portugaliyalikni sotishga rozi bo'lmagan. Klub bosh direktori Migel Anxel Xil futbolchisining umuman sotib yuborilmasligini istamoqda. Klub futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 350 million evrolik tovon pulini to'lashni istagan xaridor bilan savdolashmoqchi ham emas.
Oldinroq uni sotib olish uchun "Bavariya" qiziqqandi. Myunxen klubi Robert Levandovskining ketishi uchun tayyorlangan, biroq transfer narxi sababli uni sotib olishni istamagan.
Feliksning Madrid klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar