"Atletiko" Dibala uchun ajoyib taklif jo'natdi
16 may 2019 20:00
Yangiliklar


"Atletiko" Dibala uchun ajoyib taklif jo'natdi
Madridning "Atletiko" klubi "Yuventus"ning argentinalik hujumchisi Paulo Dibalani ko'lga kiritishga bel bog'lagan ko'rinadi.
Madridliklar 25 yoshli forvard uchun 5 yillik shartnoma taklif etishgan. Unga ko'ra, Dibala yiliga bonuslar bilan 9 million evro ishlab topadi. Dibala ushbu variantni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda La Gazetta dello Sport nashri jurnalisti xabar berdi.
Manbaga ko'ra, agar jamoa murabbiyi Massimiliano Allegri turinliklar bilan hamkorlikni davom ettirsa, Dibala "Atletiko" bergan taklifga rozi bo'lishi mumkin.
Joriy mavsum Paulo 40 uchrashuvda 10 ta gol urdi va 6 marta golli pas berishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar