So’nggi yangiliklar

20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  5 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  14 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  9 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1 18:53"Интер"нинг бўлажак мураббийи "Парма"ни тарк этди  0 18:32Расман: Николич ЦСКА бош мураббийлигидан кетди  1 18:20"Манчестер Сити" дарвозабони клубни тарк этди  1 17:53"Атлетико" Қозоғистондаги академия қароргоҳи лойиҳасини тақдим этди  2 17:35"Қизилқум"ни энди ким бошқаради?  5 17:31Қайғули хабар: "Брешиа" клуби банкрот деб эълон қилинди  5 17:15Расман: "Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  15 17:05"Сўғдиёна" ҳужумчиси: "Халқаро майдонда Россия клублари етишмаяпти"  11 16:55Факт: Қатар ЖЧ-2026 саралашида меҳмонда ҳали ғалаба қозонмади. Сафардаги сукунат давом этадими?  10 16:30Расман: Мирзад Механович "Андижон"ни тарк этди  6

"Atletiko" baribir Grizmanni "Barsa"dan xarid qiladi - ammo, 40 millionga emas, 20ga. Ortiq 60-daqiqadan so'ng maydonga tushirishlar bo'lmaydi (mutolaa uchun) Yangiliklar

"Atletiko" baribir Grizmanni "Barsa"dan xarid qiladi - ammo, 40 millionga emas, 20ga. Ortiq 60-daqiqadan so'ng maydonga tushirishlar bo'lmaydi (mutolaa uchun)

"Barsa" katta ehtimol bilan bundan xursand bo'lmadi.


"Atletiko" va "Baselona" Antuan Grizmanning to'liq transferi borasida kelishuvga erishishga yaqinlar. Klublar tez orada francuzning 20+2 mln evrolik transferi borasida shartnoma imzolashadi — bu haqda Relevo xabar bermoqda va malumotni Marca tasdiqlamoqda.


Grizmanning o'zi maoshining 30%ga tushishi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi — yiliga 7 mln evrogacha. Kelishuvga erishishda asosiy faktorlar Diego Simeone va Antuanning o'zi bo'ldi.


Sentyabr oyida Grizmanning atrofidagi vaziyat va uning Madrid klubidagi o'yin amaliyoti bilan bog'liq gap-so'zlar ko'p yangradi — "Barsa" hatto "Atletiko" bilan sudlashishga tayyor edi.


Kontekstni eslatamiz.


"Atletiko" "Barsa" 40 mln evrolik xarid qilish huquqini to'lamaslik uchun Grizmanni 60-daqiqadan so'ng tushirdi. Kataloniyaliklar sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi



Grizmann ushbu mavsum deyarli barcha o'yinlarda 60-daqiqadan so'ng maydonga tushdi. Faqatgina La Ligadagi "Real" va CHLdagi "Bryugge" bilan o'yin istisno bo'ldi — Antuan ularda to'liq 90 daqiqa harakat qildi.


Gap "Barsa" va "Atletiko" o'rtasidagi ijaraga kelishuvidagi shartlarda edi. "Atletiko" Grizmanni agar o'yinchi klubdagi ikki mavsum davomida 50% o'yinlarda kamida 45 daqiqada harakat qilsa, 40 mln evroga xarid qilishga majbur edi. Insayder Fernando Poloning qo'shimcha qilishicha, ilk mavsumdagi 50% o'yinlar ijaraning yana bir mavsumga avtomatik uzaytirilishiga olib keldi.


Simeone Grizmanning 60-daqiqadan so'ng tushishi klubning qarori ekanligigi shama qildi, prezident Enrike Sereso esa masuliyatni argentinalikka ag'dardi.


"Antuan — ajoyib o'yinchi va u biz bilan ekanligidan juda ham mamnunman. U ajoyib inson va menda u bilan ajoyib munosabatlar bor. Men faqatgina uning zo'r o'yinchi va biz bilan ekanligini ayta olaman. Men hech qachon tarkib yoki shunday turdagi masalalar bilan shug'ullanmayman", — deb aytdi prezident Sereso.


Antuanning o'zi xavotir olmadi va shunchaki jamoaga foyda keltirmoqchi bo'ldi.


"Hammasi boricha. Bu mening qo'limda emas. Men Xudodan shu erda ekanligim uchun minnatdorman. Oilam baxtli. Albatta, ko'prog'ini xohlardim, ammo olayotgan barcha daqiqalarimga borimni bermoqchiman. O'zimni klub insonidek his qilyapman. Bu erda baxtliman va shunchaki o'ynashni, klub, murabbiy va muxlislar uchun barchasini berishni xohlayman", — deb tan oldi o'yinchi "Portu" bilan o'yindan keyin.



"Barselona"ni esa bu vaziyat cho'chitdi. ESPN'ning yozishicha, klub "Atletiko"ning hoziroq Grizmann uchun 40 mln evro to'lashga majburligini yozmoqda, sababi u o'tgan mavsum 37ta o'yindan 30tasida 45 daqiqadan ortiq o'ynagan. Ijara kelishuvining aniq yuridik tomonlari nomalum edi — "Barsa" shunchaki unda harakat qilish uchun sabab borligiga shama qildi.


"Atletiko" ehtimoliy davo haqidagi malumotlar chiqishini bosim qilishga urinish deb hisobladi. Grizmanning 60-daqiqadan so'ng maydonga chiqishi esa hech qanday tarzda isbotlab bo'lmaydigan yoki inkor etib bo'lmaydigan texnik echim sifatida tushuntiriladi.


El Larguero nashri kataloniyaliklarning davo tayyorlashayotganini yozdi. "Barsa" Antuanni qaytarishni xohlamadi, sababi uning yiliga 20 mln evrolik maoshi qattiq limit shartlarida muammo bo'lardi. "Atletiko" o'yinchi joriy mavsum so'nggida 32 yoshni qarshilaydigan o'yinchi uchun 40 mln evro to'lashdan cho'chidi va narxni 15 mln evrogacha tushirmoqchi bo'ldi.


Vaziyatga hatto La Liga prezidenti Xaver Tebas ham qo'shildi: "Kerakli organ buni hal qilsin. Bunday holat birinchi marta sodir bo'layotgani yo'q. Muammo arbitraj sudiga yuborildi va aynan shu darajada hal etilishi kerak. 6 oydan so'ng shikoyat qilishini mumkin bo'lmagan qaror qabul qilinadi".


Sud qarorini kutishga to'g'ri kelmadi — klublar o'rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli o'tdi. "Atletiko" nihoyat Grizmanndan cheklovlarsiz foydalanishi mumkin.




→ Grizmann yana 60-daqiqadan so'ng maydonga chiqdi. "Barsa" sudga borishga tayyor




Alisher Ostonov

Muallif : Alisher
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика