"Atletiko" afsonasi derbi oldidan jamoa mashg'ulotlariga tashrif buyurdi
27 sen 2019 10:21
Yangiliklar


"Atletiko" afsonasi derbi oldidan jamoa mashg'ulotlariga tashrif buyurdi
"Atletiko" sobiq forvardi Fernando Torres jamoaning payshanba kungi mashg'ulotlariga tashrif buyurdi.
Takidlab o'tish kerakki, Diego Simeone "Real" bilan bo'ladigan derbiga tayyorlanmoqda.
O'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.
Oldinroq, argentinalik mutaxassis Torresni jamoa murabbiylar shtabiga taklif qilishi mumkinligi aytilayotgan edi.
Torres - Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni va ikki karra Evropa chempionligiga ega chiqqan. SHuningdek, klub bilan CHempionlar Ligasi va ikki karra Evropa Ligasi g'olibiga aylangan.
Futbolchi faoliyati davomida 706ta o'yinda maydonga tushib, 252ta gol va 73ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar