So’nggi yangiliklar

12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  0 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  0 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  13 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  2 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  3 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  3 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  8 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  3 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  14 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  10

"Atletik" Ispaniya Superkubogi sohibi Yangiliklar

"Atletik" Ispaniya Superkubogi sohibi

"Barselona" va "Atletik" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogining ikkinchi uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatishingiz mumkin.

                                  MATNL TRANSLYACIYA

                      "Barselona" - "Atletik" 1:5 (umumiy hisob)

                                            Yangilash

"Barselona" - "Atletik" 1:1

"Kamp Nou"

Gol: Messi 43, Aduric 75.

"Barselona": Bravo, Pike, Rakitich, Buskets, Alvesh, Pedro, Inesta, Suares, Messi, Maskerano, Matyo.

"Atletik": Iraisos, De Markos, Balensiaga, Etxeita, Laporte, Gurpegi, Benat, Eraso, Boveda, Aduris, Susaeta.





90+3. Uchrashuv yakunlandi.


90. Hakam o'yinga 3 daqiqa qo'shib berdi.


85. Hakam aybini yuvish niyatida yaqinda maydonga tushgan Kike Solaga qizil kartochka ko'rsatdi. Maskerano jabrlanuvchi.


83. O'zgarish. Mikel Riko Benat o'rnini to'ldirdi.


80. O'zgarish. Aduric maydonni tark etyapti. Uning o'riga Kike Sola maydonga tushdi.


79. Inesta qo'l bilan o'ynagani tufayli hakam "Barsa" hujumini to'xtatdi.


74. GOL! Aytganimdek gol bo'ldi. Aduricning birinchi zarbasini Bravo qaytardi, ammo ikkinchi zarba bo'sh darvozaga bo'ldi.


73. Messi boshlab bergan hujumni Suares yakunlashga harakat qildi, ammo noaniq.


72. "Barselona"ning kamligi bilinib qolyapti.


67. O'zgarish. Rakitich o'rniga Sandro. Pedro o'rniga Munir El-Xaddadi. Luis Enrikedan yangicha yurish.


66. Muxlislar bor kuchi bilan "BARSA! BARSA!" deya sevimli jamoasini hujumga chorlayapti.


63. Suaresning zarbasi kuchsiz chiqdi va to'ppa to'g'ri darvozabon qo'liga tushdi.


62. Golning hidi kelyapti. Ko'ramiz qaysi jamoa gol urishga yaqin turgan ekan.


60. Messini to'xtatib qolgan Benatga sariq kartochka ko'rsatildi.


59. MATYOYOYO, RAKITICHCH!!! Matyoning chap qanotdan etkazib bergan to'piga Rakitich oyoq qo'ydi, ammo biroz noaniq. O'yin harorati ko'tarilyapti.


58. PEDRO bo'sh darvozaga gol ura olmadi. Hakam bugun o'zini qahramon sifatida ko'rsatmoqchi shekilli. Xushtak juda-juda ko'p chalinyapti.


57. QIZIL KARTOCHKA! Yon hakamga etiroz bildirgan Pikega bosh hakam qizil kartochka ko'rsatdi.


56. Aduric deyarli birga-bir vaziyatda Bravoni mag'lub eta olmadi. Mehmonlarda burchak to'pi.


55. Suares raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam xushtak chaldi, ammo burchak to'pi uchun.


54. OFFSAYD! Ammo takroriy lavhada bunday emasligi aniq bo'ldi. Hakam bugun juda ko'p xushtak chalyapti.


52. Basklarda ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi, ammo ular bu imkoniyatni yo'qqa chiqardi. Mehmonlar pressingga katta etibor beryapti.


50. Mezbonlarning har bir to'p olib qo'yishi qarsaklar bilan rag'batlantirilyapti, ammo gol bo'lmasa bu harakatlarning foydasi yo'q.


49. Inesta xavfli o'ynadi. Yana o'yin cho'zilyapti.


48. To'p to'liq "Barsa" oyog'ida, ular yangi imkoniyatlar izlashyapti.


47. Kataloniyaliklarda burchak to'pi. Bu standartdan naf chiqmadi. Yana xushtakbozlik.


46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

Jamoalar maydonga qaytishdi. Translyaciyani davom ettiramiz.


                                        TANAFFUS

45+1. PIKEE! Darvozaga zarba berishga harakat qildi, ammo u to'pga ishonmay chiqdi, shu sababli, to'p ham unga ishonmay maydonni tark etdi.


45. Umumiy hisob 1:4. Stadion jonlandi.


44. To'pni tezroq markazga qo'yishni istagan Pedro raqib darvozabonidan to'pni olishga harakat qildi, ammo ushbu harakati uchun sariq kartochka oldi.


43. GOOOOLLLLLL!!!! Inesta boshlagan hujum gol bilan yakunlandi. Gol muallifi Leo.


42. Messi jarima zarbasini amalga oshirmoqda. U zarba bermadi va to'pni jamoadoshlariga etkazib berdi, ammo raqib himoyasi hozircha 5+ bahoga munosib o'ynayapti.


39. Maydon tashqarisida Luis Enrike va uning yordamchichi ko'rsatmalar berishdan charchayotgani yo'q.


38. "ATLETIK"DA AJOYIB VAZIYAT! Ammo bask futbolchisi birga-bir vaziyatda na darvozani aniq nishonga oldi va na burchak to'pi ishlab oldi.


35. Mezbonlarning kombinaciyalarini "Atletik" himoyachilar yaxshi o'qiyapti.


34. "Barselona" futbolchilarining o'yini qovushmayapti.


33. Rakitichning qanotdan etkazib bergan to'piga Inesta zarba berdi. Andresning chap oyog'i ungiga o'xshab juda aniq va kuchli emas. Nima demohchiligimni tushundingiz.


32. "TEZKOR GOL" amalga oshmadi, ana endi "Barsa" bor kuchi bilan o'ynashi zarur.


31. Zarba xavfli chiqdi, lekin to'p darvozadan 10-15 santimetr yuqoridan o'tib ketdi.


30. Qoida buzildi. "Atletik" darvozasi tomon jarima to'pi. Qoidabuzarga sariq kartochka. Messi uchun qulay nuqta deya olmayman, ammo Leo uchun noqulay nuqta bormikan?


29. PEDROOO!!! Burchakdan o'ynalgan ajoyib kombinaciyani Pedrito yakunlashi kerak edi, ammo u oyog'iga kelayotgan to'pga zarba bera olmadi.


28. Qarshi hujumda Maskerano Aduricni engdi, ammo Aric bunga rozi bo'lmay, hakamdan jarima so'rab yotibdi.


25. Messi bir nimalarni o'ylab topishga harakat qildi, ammo raqib futbolchilari ko'pligi tufayli to'p oldirildi.


24. Inesta-Suares juftligining ajoyib kombinaciyasidan so'ng Andres jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo so'nggi lahzada raqib unga halaqit qildi va mezbonlar darvozasi to'pga erkin zarba berish imkoniyatiga ega bo'ldi.


23. Pike burchakdan etkazib berilgan to'pni qayqtardi. "Atletik" esa qaytgan to'pni yon chiziqdan o'yinga kiritishga shoshilayotgani yo'q.


22. "Atletik" futbolchisi burchak to'pi ishlab oldi. Maydonda yana xushtakbozlik. Bu albatta raqiblar uchun.


21. Mezbonlarga NEYMAR etishmayapti.


20. Inesta ajoyib hujumni boshlagan edi, ammo jamoadoshi uni tushunmadi. Hujum qaytadan boshlanyapti.


19. Basklar butun jamoa bo'lib himoyalanishyapti. "CHelsi"ning "avtobusi" ham bunchalik himoyalanmaydi.


18. Matyo biroz havotirda ekanligi ko'rinib turibdi. Uning harakatlari ishonchsizroq chiqyapti va raqiblar osonlik bilan undan to'pni olib qo'yishyapti.


17. YANA VA YANA OFFSAYD! "Atletik" himoyachilarining "qopqoni" ish beryapti. 


Inesta o'z uslubida to'pni havolatib, himoya ustidan tashlab Messiga uzatgan edi, ammo oshirma biroz kuchli chiqdi.

15. "Atletik" hujumga o'tishni istamayapti va to'pni shunchaki raqib tomonga tepib yuboryapti.


14. XAVFLI VAZIYATTT!!! Yana OFFSAYD! Bu safar Pedrito qoidani buzdi


12. Yon hakam yana bayroqchasini ko'taryapti. Offsayd!!! Suares o'yindan tashqari holatda.


11. "Barsa" to'pni o'zida saqlab turibdi, ammo raqib futbolchilari 2-3 kishi bo'lib bir futbolchiga hujum qilmoqda va bu foyda beryapti.


10. Muxlislar bor kuchi bilan "Barselona"ni qo'llab-quvvatlayapti. Kataloniya klubiga birinchi gol kerak.


9. Matyo biroz dovdirab qoldi, ammo to'pni chiqarib yubordi. "Atletik"da burchak to'pi. Mezbon muxlislar raqibni xushtak bilan kuzatyapti.


8. Pedro burchak to'pi ishlab oldi. Mezbonlarda gol urish uchun yana bir imkoniyat.


7. Hujum navbati "Atletik"ka berildi


6. XAVFLI VAZIYATTTT!!! PEDRO!!! Keyini vaziyat PIKE darvoza to'sinini nishonga oldi. Qanday qilib hisob ochilmadi? Daxshat!


4. "Barselona" to'pga egalik qilishni boshladi. Bugun raqib to'pni his qilishi qiyin bo'ladi, chunki mezbonlar bugun to'pning eng yaqin do'stiga aylanadi.


2. Bugun tarixdagi eng chiroyli kambek amalga oshishi mumkin, balki bunday bo'lmas. Har holda chiroyli o'yin guvohi bo'lamiz.


1. Fantastik o'yin boshlandi. Ilk daqiqalardanoq mezbonlar hujumga otlandi va Suares ofsaydda qoldi.


- Tarkiblar bilan tanishdingiz. Birinchi o'yinda maydonga tushgan ter SHtegen o'rnini bu bahsda Bravo egalladi.


- Kataloniya klubi madhiyasi ostida "Barselona" va "Atletik" maydonga chiqib keldi. "BARSA! BARSA! BARSAAAAAA! deya tribunada muxlislar qo'shiq kuylashmoqda. Fantastik atmosfera!!!

 

- Assalomu alaykum futbolni sevadigan, ushbu maftunkor o'yindan zavq ola biladigan aziz va hurmatli futbol va saytimiz muxlislari. Bir necha daqiqadan so'ng "Kamp Nou" stadionida boshlanadigan o'yinni butun dunyo kutmoqda. Ushbu o'yinni kutayotganlar orasida "Real", "Manchester Yunayted", "CHelsi" va boshqa klublar muxlislari bo'lishi aniq. Ular ham bugungi bahsda mezbon yoki mehmonlarga omad tilamoqda.



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика