“Atalanta” ustozi: “Miranchuk “Ayaks” bilan bahsga to'liq tayyor”
26 okt 2020 20:35
Yangiliklar
“Atalanta” ustozi: “Miranchuk “Ayaks” bilan bahsga to'liq tayyor”
CHempionlar Ligasi 2-turi doirasida 27 oktyabr kuni “Ayaks”ga qarshi o'tadigan bahs oldidan bergamoliklar ustozi Jan Pero Gasperini o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Ayaks” bilan o'yin qiyin bo'ladi, bunga aminman. Taktik jihatdan jamoalar har xil. “Ayaks” men uchun taktika masalasida asosiy yo'nalish bo'lib kelgan. Ular menga juda maqul keladigan effektiv g'oyalardan foydalanadi. Amsterdam jamoasi men uchun doimo namuna bo'lib kelgan. “Ayaks” – tajriba qilishdan qo'rqmaydigan ajoyib jamoa, ammo CHempionlar Ligasida barchasi boshqacha. Raqib uchun vazifani murakkablashtiramiz degan umiddaman. Kuch jihatdan muvozanatni tenglashtirolamiz deb o'ylayman.
Miranchukka kelsak, u jarohatidan to'liq tiklangan va Daniyada ("Mityulland" qarshi) ham o'ynagandi. Bu esa uning amsterdamliklarga qarshu uchrashuvga tayyorligidan dalolat beradi”, deydi Gasperini.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar