“Atalanta” ustozi: “Miranchuk “Ayaks” bilan bahsga to'liq tayyor”

Eldor Akmurzayev
26 okt 2020, 20:35
Chempionlar Ligasi 2-turi doirasida 27 oktyabr kuni “Ayaks”ga qarshi o'tadigan bahs oldidan bergamoliklar ustozi Jan Pero Gasperini o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Ayaks” bilan o'yin qiyin bo'ladi, bunga aminman. Taktik jihatdan jamoalar har xil. “Ayaks” men uchun taktika masalasida asosiy yo'nalish bo'lib kelgan. Ular menga juda maqul keladigan effektiv g'oyalardan foydalanadi. Amstyerdam jamoasi men uchun doimo namuna bo'lib kelgan. “Ayaks” – tajriba qilishdan qo'rqmaydigan ajoyib jamoa, ammo Chempionlar Ligasida barchasi boshqacha. Raqib uchun vazifani murakkablashtiramiz degan umiddaman. Kuch jihatdan muvozanatni tenglashtirolamiz deb o'ylayman.

Miranchukka kelsak, u jarohatidan to'liq tiklangan va Daniyada ("Mityulland" qarshi) ham o'ynagandi. Bu esa uning amstyerdamliklarga qarshu uchrashuvga tayyorligidan dalolat beradi”, deydi Gasperini.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia