"Atalanta" Ilichichni 10 million evro evaziga sotishga tayyor
29 may 2021 18:07
Yangiliklar
"Atalanta" Ilichichni 10 million evro evaziga sotishga tayyor
"Atalanta" yarim himoyachi Yosip Ilichichni yozgi transfer oynasida sotishga tayyor.
Manbaning xabariga ko'ra, italyan klubi o'yinchi bilan 10 million evro evaziga xayrlashishni xohlamoqda.
Futbolchiga "Lacio" va "Milan" qiziqish bildirmoqda. 33 yoshli xavbekning o'zi jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.
Ilichich Bergamo klubida 2017 yildan beri o'ynaydi. Futbolchi joriy mavsum 38ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 11ta assist qayd etdi.
Fikrlar