"Atalanta" forvardi Duvan Sapata La Ligaga yo'l olishi mumkin
01 noy 2020 12:18
Yangiliklar


"Atalanta" forvardi Duvan Sapata La Ligaga yo'l olishi mumkin
"Atalanta" forvardi Duvan Sapata "Atletiko" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone 29 yoshli hujumchini o'z jamoasida ko'rishni juda ham istamoqda. Mutaxassis anchadan buyon kolumbiyalikning muvaffaqiyatlarini kuzatib keladi.
Oldinroq Sapataga "Yuventus" qiziqish bildirgandi. Ammo, "keksa sinora"ga "Atalanta" talab qilgan mablag' to'g'ri kelmadi.
Sapata joriy mavsum barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi. Uning Bergamo klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar