So’nggi yangiliklar

13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  0 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  3 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  1 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  72 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2

"Atalanta" etakchisining hayoti va faoliyati haqida suhbat Yangiliklar

"Atalanta" etakchisining hayoti va faoliyati haqida suhbat

Papu Gomesni yanvarda "Al Hilol"ga chaqirishgan edi.

A Seriyaga bo'lgan muhabbati haqida: "Men Ukrainadan Argentinaga qaytdim. Ha deganda o'zimga jamoa topa olmadim. Italiyaga borishni juda xohlardim, lekin menda ES pasporti yo'q edi. Nega aynan Italiya? "Katanya"ga o'tgunimga qadar u erda yashash haqida qaror qabul qilgandim. "San Lorenso"da o'ynab yurgan vaqtlarim Kili Gonsales bilan birga turardik va u doimo A Seriya haqida gapirib berardi. Yakshanba ertalab esa biz o'yinlarni tomosha qilardik. Bu Krespo va Zanetti, Veron va Samuelning chempionati edi. SHuning uchun 2014 yil men nima qilib bo'lsa ham qaytishni istagandim. Oldimda ikkita variant bor edi: "Verona" va "Atalanta". Agentim "Atalanta"ning ko'plab futbolchilari bilan ishlardi: Denis, Morales, Karmona. Men ular bilan suhbatlashdim va qaror qabul qildim. Bir xonada Bonaventura "Milan" bilan shartnomaga imzo chekayotgandi, qo'shni xonada esa – men "Atalanta" bilan kelishuvni rasmiylashtirayotgandim".

Bergamo haqida: "Bu erdadagi restoranlarda hech qachon Katanyadagi kabi: "Senga tekin" deyishmaydi. Mevalar sotuvchisi jamoamga CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishda yordam berishimni tiladi va orqasidan mendan 72 evroni to'lab qo'yishimni talab qildi. Lekin bu erda shahar bo'ylab hotirjam sayr qilishingiz mumkin, hech kim halaqit qilmaydi. Bergamoliklar shaxsiy hayotingizni hurmat qiladi".

CHempionlar Ligasi haqida: "Napoli" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, bu chindan amalga oshishi mumkinligiga ishona boshladik. Kiyinish xonasida qanday baqir-chaqir qilganimizni tasavvur ham qila olmaysiz. Yarim yil oldin Evropa Ligasi  saralashida "Kopengagen"ga mag'lub bo'lganimizdagi ahvolimizni ko'rsangiz edi... Bir-birimizga "Endi buyog'iga nima uchun kurashamiz?" deb xayron qarardik. O'shanda hech kim "Evrokuboklar uchun" demagandi".

10 mln evrolik shartnoma haqida: "Yanvar oyida meni "Al-Hilol" jamoasiga chaqirishgandi, yiliga 10 million evro maosh vada qilishdi. SHunda men rahbariyatga savol bilan yuzlandim — sizlar chindan ham meni klub timsoli deb bilasizlarmi? Javob meni qoniqtirdi. Adashmaganimni qachon tushunib etdim, bilasizmi? Ayolim bilan suratlarimizni tomosha qilayotgandik. Bergamoga kelganimizning dastlabki yilida, eski stadion oldida tushilgan suratimizni ko'rib qoldik. Keyin o'sha erga bordik va arenaning tamirlash ishlari qay yo'sinda ketayotganini kuzatdik. Men top-klubni topa oldim. Bu "Atalanta".

Emblemalarga taqdim etiladigan "o'pich" haqida: "Yoshlarga bunday qilmaslikni, klub ularning bolalikdagi orzusi yoki "uyi" ekanligini aytmaslikni takidlayman. Kelajakda nima bo'lishini bilib bo'lmaydi. Bordi-yu sen murabbiy bilan yoki klub prezidenti bilan urushib qolsang-chi? Doimo shu futbolkada maydonga tushishga vada bera olmayman, shu sababli ham klub emblemasini o'pmayman".

Gasperini haqida: "U doim hayron qoldiradi. Men hujumda o'ynadim va 16 ta gol urdim. Kristante yarim himoya o'ynab - 9ta. Keyin men trekvaristaga aylandim…"

O'yin uslubini o'zgartirish haqida: "Ko'p yugurish – umuman muammo emas. Qiyini — driblingdan voz kechish. Sababi men bunga o'rganib qolganman. Hozir menga buni hech kim taqiqlamayapti, lekin uni qaerda ishlatish o'rinli bo'lishini tushungan holda qo'llash zarur".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика