"Aston Villa" Koutinoni xarid qildi
11 may 2022 12:20
Yangiliklar
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, klub o'yinchini "ko'k-anorranglilar"dan xarid qildi va 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi. Bitim narxi hozircha nomalum.
Koutino "Kamp Nou"ga 2018 yilning qishida "Liverpul"dan 135 mln evro evaziga o'tgandi. U bir yil davomida "Bavariya"da ijara asosida o'ynadi, ammo nemis grandi uni xarid qilishni xohlamadi. Filippe Kataloniya klubi tarkibida jami 106ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 14ta assist qayd etdi.
Braziliyalik ushbu yilning yanvarida "Aston Villa"ga ijara asosida o'tgan edi. 29 yoshli o'yinchi joriy mavsum APL doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi. Transfermarkt uni 20 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar