"Aston Villa" Beyli uchun 35 million evro taklif qilishga tayyor
21 iyu 2021 20:11
Yangiliklar


"Aston Villa" Beyli uchun 35 million evro taklif qilishga tayyor
"Bayer" hujumchisi Leon Beyli faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirishi mumkin. Malum bo'lishicha, ingliz klubi futbolchi uchun 35 million evro taklif qilishga tayyor.
"Aston Villa" bosh murabbiyi Din Smit jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi va 23 yoshli forvard jamoani kuchaytira olishiga ishonadi. Futbolchining "Bayer" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, Beyli 2017 yilda "Genk"dan 13,5 million evro evaziga transfer qilingandi. O'tgan mavsumda u 40 uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urgan hamda 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar