So’nggi yangiliklar

10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  2 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   2 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  8 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2

Asror Aliqulov: "Tarkibdagi muammolar mavsum yakunida qiyinchilik tug'dirmoqda" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Tarkibdagi muammolar mavsum yakunida qiyinchilik tug'dirmoqda"

Pro liga 19-turdan o'rin olgan "Turon" - "SHo'rtan" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Bugungi o'yinda qo'lga kiritilgan g'alaba bizga ikkinchi o'rin uchun imkoniyat berishi mumkin edi. Futbolchilarda g'alabaga bo'lgan ishonch va ishtiyoq ko'rmadim. Bu nima bilan bog'liqligini bilmayman. Yilni oxiriga kelib futbolchilar etishmovchiligi qiynamoqda. Himoya chizig'ida futbolchilarimiz kamlik qilmoqda. Tayanch yarim himoyachilarimizni markaziy himoyada o'ynatmoqdamiz. "Turon" futbolchilarning individual mahorati, tezlik va mahorat hisobiga g'alaba qozondi. Gol urmasangiz g'alaba qozona olmaysiz",- deydi Asror Aliqulov.

- Tajribali futbolchilardan biri, to'purar bo'lib turgan Jasur Xolto'raevning zaxirada qolishi nima bilan bog'liq?

- Raqib himoyachilarining imkoniyatidan kelib chiqib tarkibda ayrim o'zgarishlarga qo'l urgandik. Samandar SHodmonovda pas berish mahorati yuqori. Birinchi bo'limda harakat qilgan Bekzod Suvonov yaxshi taassurrot qoldirdi. Jarohati borligi uchun uni almashtirishga qaror qildik. Ikkinchi bo'limda SHodmonovning paslari, Xolto'raevning tezligi hisobiga o'yinni kuchaytirishni maqsad qilgan edik. Lekin rejamiz ish bermadi. Jasur Xolto'raev singani tajribali futbolchilarning zaxirada qolgani shu bilan bog'liq. Samandar va Jasur bir-biri bilan yaxshi tushunib harakat qiladi. 

- Faxriddin Alimov bilan kelishuv qanday bo'lgan? Ijara asosida jamoaga o'tganmi? 

- Mavsum boshida "SHo'rtan" taklif qiladigan maoshga hamma futbolchi ham kelmas edi. Tarkibda qiynalganimiz sabab ijara asosida ayrim futbolchilarni jalb qildik. Bor futbolchilarimiz bilan ishlayapmiz. Maydonga chiqayotgan futbolchilardan faqat futbol o'ynashni talab qilmoqdamiz. Futbolchilardagi ishtiyoq yo'qligi bois so'nggi bir necha turdan beri g'alaba nimaligini bilmayapmiz. 

- Keyingi mavsum ushbu tarkibni saqlab qolishga ishonyapsizmi? Futbolchilarning boshqa jamoalarga o'tib ketish havfi qanday?

- Futbolchilarimiz yaxshi o'yin ko'rsatgan vaqtlarda ularga qaysidir jamoalardan takliflar bo'ldi. Qolganlarga esa yo'q, bunga futbolchining o'zi aybdor. Transfer taqiqi sabab "SHo'rtan" boshqa futbolchi ololmasligi mumkin. Buning oqibatida jamoa yaxshi o'rinlar uchun kurasha olmaydi. Transferlarni rahbariyat hal qiladi. 

- O'zPFL direktori Diyor Imomxo'jaev so'nggi chiqishlarini birida Asror Aliqulovni Pro licenziyasiga o'qitamiz deb takidladi. Hozirda bu borada ishlar qanday ketmoqda?

- Mavsum avvalida "Mashal"dan so'ng "SHo'rtan"ni qabul qilib olish menga yangi g'oyalarni sinab ko'rish imkonini berdi. Superligada baribir saviyasi baland. Pro licenziyasiga o'qishlar boshlansa albatta o'qib yaxshi jamoalarda faoliyat olib borish niyatim bor. Keyingi yil ham "SHo'rtan"da ishlaymanmi yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi. Takliflar bor, lekin bu borada o'ylashga vaqt yo'q.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика