Asror Aliqulov: "O'zbekiston kubogi jamoamizga katta tajriba beradi"
23 iyu 2020 22:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582833_original.jpg)
![](/upload/storage/582833_220.jpg)
Asror Aliqulov: "O'zbekiston kubogi jamoamizga katta tajriba beradi"
G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi O'zbekiston kubogi guruh bosqichida "Lokomotiv", "Buxoro", "Sug'diyona" bilan birgalikda "S" guruhidan joy oldi.
Ayni paytda "SHo'rtan" jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan Asror Aliqulov qura va raqiblar borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'zbekiston kubogidagi bosh maqsadimiz Superliga jamoalariga qarshi maydonga chiqish edi. Rasmiy o'yin baribir boshqacha bo'ladi. Kuchli jamoalar bilan to'p tepish futbolchilarimizning o'sishiga va katta tajriba to'plashiga yordam beradi. O'z imkoniyatlarimizni va o'yinimizdagi kamchiliklarimizni ko'rib olishimiz mumkin.
"Lokomotiv" va "Sug'diyona" tarkibida yuqori saviyadagi ijrochilar etarli. Kubok bahslari qiziqarli va shiddatlarga boy tarzda o'tadi deb o'ylayman. Biz ham munosib ishtirok etishga harakat qilamiz",- deydi Asror Aliqulov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar