So’nggi yangiliklar

14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  0 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  1 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  0 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  10 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2

Asror Aliqulov: "Muxlislar raqib jamoa manziliga haqorat ishlatishi kerak emas" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Muxlislar raqib jamoa manziliga haqorat ishlatishi kerak emas"

Pro-liganing 19-turi doirasidagi "Andijon-SGS" - "Mashal" bahsidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida

- Birinchi bo'limda ikki to'p farqi bilan hisobda oldinga chiqdik. Ikkinchi taymda yana ko'proq gol uramiz deb chiqqandik. Tanaffusda xato qilmaslikni yigitlarga uqtirdim, ammo baribir xatolarga yo'l qo'ydik. Oxirgi sekundlarda penalti sabab g'alabani qo'ldan chiqardik.

- "Mashal" jamoasi hujumchilari juda ko'p vaziyatlarni ochiqdan ochiq ko'kka sovurishdi. Bunqa qanday munosabatdasiz?

- Bu birinchi navbatda futbolchilarning o'z kasbiga professional yondoshmagani. Buning natijasida oxirgi daqiqalargacha bosim bizda saqlanib turdi va g'alabani boy berdik. Albatta, jamoamiz yosh. 

- Penalti qo'yilgan vaziyatda qizil kartochka bormidi?

- Bu vaziyatga hakamlar yaqinroq edi. O'sha vaziyatda yon hakam penaltiga ishora qildi. Bu holatni hali ko'rmadim. SHunga bir narsa deyish qiyin.

- Jamoani Superligaga olib chiqish rejasi yo'qmi?

- Bu yildan homiyimiz o'zgardi. Jamoa va akademiyani kuchaytirish maqsadi bor. Keyingi yillardan kattaroq maqsadlar qo'yamiz va albatta Superligaga chiqish vazifasi ham jamoa oldiga qo'yiladi.

- Jamoa o'yinidan qoniqdingizmi?

- Bugungi o'yindan qoniqmadim. Legionerlarimiz ham o'zini ko'rsata olmadi. Ochko yo'qotdik.

- Bugungi natijada aybni o'z bo'yningizga ola olasizmi?

- Albatta, har doim shunday bo'lgan. Jamoaning natijasiga murabbiy javobgar. Birinchi va ikkinchi bo'limda juda ko'p vaziyat yaratdik, ammo gol ura olmadik. Oxirgi sekundda ham vaziyat yaratdik. Hujumchi esa keraksiz qaror qabul qildi. 

- Uchrashuv yakunida jamoa muxlislari orasida janjal yuzaga keldi. Bu vaziyatda aslida nima bo'lgandi?

- Muxlislikda ham madaniyat bo'lishi kerak. Biroq raqib jamoa manziliga haqorat ishlatish kerak emas. Biz mehmondo'st xalqmiz. Raqib muxlislari o'yin davomida bizni haqorat qilishgani uchun o'yindan so'ng nega bunday qilishganini so'radim. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика