So’nggi yangiliklar

00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  0 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   2 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  12 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  4 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  167 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  53 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  6 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1

Asror Aliqulov: "Kelishilgan o'yinlar" ishlashni yoqtirmaydigan murabbiylar uchun qo'l kelmoqda" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Kelishilgan o'yinlar" ishlashni yoqtirmaydigan murabbiylar uchun qo'l kelmoqda"

Oliy ligada 500dan ortiq o'yin o'tkazgan mutlaq rekordchi, "SHo'rtan" jamoasining tajribali himoyachisi Asror Aliqulov futbolimizdagi eng og'riqli nuqta - "kelishilgan o'yinlar" xususida o'z fikrlarini bildirdi.


- SHu yoshda ham maydonga tushayotganimning asosiy sababi - mashg'ulot. Mashg'ulotlarda ishlash orqali jismoniy holatimni ushlab turibman. "SHo'rtan" jamoasida hozirgi kunda markaziy himoyasida biroz muammo borligi tufayli futbol o'ynashda davom etyapman. Futbolchi hech qachon mehnatdan qochmasligi kerak. Mashg'ulotlarda qanchalik zo'r berib ishlasa, maydonda aksincha osonroq bo'ladi. Hozirgi kunda kelib ham to'p tepayotganimning asosiy siri - mehnat desam bo'ladi.

Kelishilgan o'yinlar? Bu birinchi navbatda bu futbolni o'sishiga qarshilik qiladi. Ikkinchidan esa bu menimcha, ishlashni xohlamaydigan murabbiylar uchun qo'l kelsa kerak. Jamoani o'yinini shakllantirolmaydigan, erinchoq murabbiylar faqatgina kelishilgan o'yinlar orqali qaysidir tomonlama o'zining kuchsiz tomonlarini yopish maqsadida shu ishga qo'l uradi deb o'ylayman. Lekin bu narsa vaqtinchalik. CHunki hozir kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash olib borilmoqda. O'sib kelayotgan yosh istedodlarning yo'qolib qolishiga ham shu kelishilgan o'yinlar sabab bo'lmoqda. Umuman bu narsa futbolni cho'ktiradi. Bizda shu kelishilgan o'yinlarda ishtirok etadigan, ishlashni istamaydigan murabbiylar bor. Afsuski bu kabi o'yinlar uchrab turibdi. Lekin yildan-yilga sezilarli darajada kamayib bormoqda. Bu borada katta ko'lamdagi ishlar olib borilmoqda. Agarda tez orada shu kabi o'yinlar yanada kamaysa, stadionga ancha muxlislar qaytadi.

"SHo'rtan" jamoasi o'z oldiga aniq bir vazifa qo'ymagan. "SHo'rtan"da oxirgi yillarda mahalliy yoshlarga etibor bo'lmagan. SHu bois hozirgi kunda tarkibda yuqori darajada o'ynay oladigan futbolchilar juda kamayib ketdi. Bu yildan etiboran jamoamiz asosan bor etiborini futbol maktabimizdan chiqib kelayotgan yoshlarga qaratadi. Ularga imkon beriladi. "SHo'rtan"ning asosiy maqsadi o'z tarbiyalanuvchilariga etiborni kuchaytirib, kelajakda istedodli yoshlarni chiqarish. "SHo'rtan" asta-sekin o'z o'yinini kuchaytirib boradi. Tarkibda ko'plab o'zgarishlar ruy bergan. Rahbariyat jamoa oldiga malum bir o'rinni egallashni vazifa qilib qo'ymagan. Maqsadimiz har bir o'yinga g'alaba ishtiyoqida maydonga tushish va muxlislarni quvontirish.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика