So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  5 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Asror Aliqulov: "Futbolchilarning matonati evaziga oxirgi daqiqalarda gol urib, g'alaba qozondik" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Futbolchilarning matonati evaziga oxirgi daqiqalarda gol urib, g'alaba qozondik"

Pro liganing 15-turidan o'rin olgan "Yangier" - "SHo'rtan" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- "Yangier" jamoasining bundan oldingi o'yinlarini ko'rib chiqib, ularning kuchli tomonlari ikki qanot ekanligini bildik va o'sha hududlarni yopishga harakat qildik. 100 foiz uddaladik deb aytolmayman, lekin qaysidir manoda ularning hujumlarini to'xtatishga erishdik. Futbolchilarning mehnati, matonati evaziga oxirgi daqiqalarda gol urib, g'alaba qozondik. Ularga minnatdorchilik bildiraman.

- Jamoa transfer taqiqi, moliyaviy qiyinchiliklar va boshqa bir muncha qiyinchiliklarga uchrab, so'nggi pog'onalarda bormoqda. Vaziyatdan chiqib ketish uchun "SHo'rtan"ning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Biz juda kech yig'ildik, bu moliyaviy qiyinchiliklar bilan bog'liq. Futbolchilarning jismoniy holatini imkon qadar tezroq tiklashga harakat qilamiz, chunki oldinda qiyin o'yinlar kutib turibdi. 

- Hujum chizig'idan ko'nglingiz to'lyaptimi?  "SHo'rtan" 12 o'yinda 4 ta gol urdi, xolos. 

- Hujumda asosan, yosh futbolchilar o'ynashadi. Gol urilishi lozim bo'lgan vaziyatlarda baribir mahorat etishmayapti. O'ylaymanki, o'yindan o'yinga kuchayib borishadi. 

- Kubok doirasidagi "Qizilqum" – "SHo'rtan" o'yini o'zaro kelishuviga ko'ra Navoiyga ko'chirilibdi. Safar xarajatlarini "Qizilqum" qoplab berishi aytilgan. Bu haqiqatmi? Ko'chirish sabablari haqida aytib o'tsangiz.

- Futbolchilarga soat 17:00 da o'ynash qiyin, mana bugun buning guvohi bo'lib turibmiz. Moliyaviy tomondan o'z uyimizda qabul qila olardik. Ammo o'zaro kelishib, salqinda va yaxshi sharoitda o'ynash uchun bunga rozi bo'ldik. Safar xarajatlarini qoplayotgani uchun "Qizilqum" jamoasiga rahmat aytamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика