So’nggi yangiliklar

23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  0 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  4 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:41Россия кубоги. ​Аббосбек Файзуллаев "Зенит"га қарши ўйинни захирада бошлади (онлайн ҳисоб)  8 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  15 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0 20:17Мирко Еличич: "Суперлиганинг баъзи жамоалари кўрсатаётган футбол сифатидан қониқмаяпман"  1 19:54"Реал" базасининг 85 гектар ерида янги шаҳар қурилади  8 19:24"Реал" "Милан" футболчисини сотиб олмоқчи  3 19:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" иродали ғалабага эришди, "Шўртан" йирик ғалабани тантана қилди  4 18:06Францияда ПСЖ стадионининг VIP ложаларига кириш рухсатномасини ноқонуний сотишда гумонланиб, 5 киши қўлга олинди. Рухсатномлар нархи 1500 еврогача етган  1 17:38Суперлига 10-турида ишловчи ҳакамлар эълон қилинди  2 16:50"Реал"да жисмоний тайёргарлик тизимини ўзгартиришмоқчи. Пинтуснинг усуллари зич тақвимга мос эмас деб ҳисобланди ва у Алонсо штабига кирмайди (Marca)   21

Asror Aliqulov: “Eldor SHomurodov “kuchli beshlik” chempionatlarida o'ynab keta oladi” Yangiliklar

Asror Aliqulov: “Eldor SHomurodov “kuchli beshlik” chempionatlarida o'ynab keta oladi”

A Pro-Liga 18-turidan o'rin olgan “Istiqlol”- “Mashal” (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov saytimizga intervyu berdi.

- Asror aka, avvalambor qiyin o'tgan uchrashuvda qozonilgan g'alaba bilan tabriklaymiz! Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Bugungi o'yin og'ir kechishini kutgandik, uchrashuvga shundan kelib chiqqan xolda tayyorgarlik ko'rgandik. “Istiqlol” jamoasi ayni damda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. O'yindan oldin bu jamoani bir nechta o'yinlarini tahlil qilib chiqdik, kurashuvchan jamoa, ko'pincha standart vaziyatlardan gollar kiritishadi. SHaxsiy fikrimcha, bugungi o'yin taqdirini bir gol hal qilardi, qaysi jamoa birinchi bo'lib gol ursa, yakunda g'alaba qozonib ketishi mumkin edi. Agar “Istiqlol” birinchi bo'lib gol kiritganda, bizga qiyin bo'lardi. Sababi ularda tezkor futbolchilar etarlicha, qarshi hujumlarni juda yaxshi tashkil etishadi. Bugungi g'alabamizning birinchi omili – o'yinda birinchi bo'lib gol urib olganimiz bo'ldi deb hisoblayman.

- Jamoangizning birinchi goli “o'yindan tashqari xolat” deya baholanib hisoblanmadi. Bu vaziyat haqida fikringiz qanday?
- Bu vaziyatga bizdan ko'ra hakamlar yaqinroq edi, shu sababli ularni bunda ayblamayman. To'g'risini aytganda bizga o'yindan tashqari xolat yo'qdek ko'rindi.

- Nikita Pavlenkoning tarkibga qo'shilishi “Mashal”ga qay darajada foyda keltirdi?
- Bizda asosan yosh futbolchilar o'ynaydi. Futbolda tajriba muhim omil hisoblanadi, yosh futbolchilarda tajribasizlik tufayli vaziyatlarni baholashda sovuqqonlik etishmasligi, shoshib qarorlar chiqarish xolatlari kuzatiladi. Nikitaning safimizga qo'shilishi jamoamizga katta yordam bermoqda deb hisoblayman, uning tajribasi biz uchun muhim.



- “Mashal” jamoasining joriy mavsumdagi maqsadi qanday?
- Jamoamizda mavjud imkoniyat va yaratilayotgan sharoitdan unumli foydalangan xolda biz mavsum yakunida Superliga yo'llanamasiga ega chiqishni maqsad qilganmiz. O'ylaymanki, mavsum yakunida biz bu vazifani uddalaymiz.

- “Mashal” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Eldor SHomurodov haiqda fikrlaringiz...
- Eldorni oxirgi vaqtlarda ko'rsatayotgan o'yinlarni barchamizni birdek xursand qilmoqda. “Mashal” shunday futbolchini tayyorlaganligi uchun faxrlansak arziydi. Kelajakda Eldor bundanda yorqinroq o'yin namoyish etadi. SHomurodov o'tgan yili zahiradan o'yinga qo'shilayotgan bo'lsa, bu yil “Rostov” jamoasining asosiy tarkibiga o'z mahorati va ko'rsatayotgan o'yinlari evaziga kira oldi. Eldor Evropaning “kuchli beshlik” chempionatlarida o'ynab keta oladi, uning kelajakdagi faoliyatiga jamoamiz nomidan muvaffaqiyatlar tilayman.


Bekzod Tolibov yozib oldi.
“Mashal” matbuot xizmati bilan xamkorlikda tayyorlandi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика