So’nggi yangiliklar

21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  0 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  0 20:39Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  1 20:25"Истиқлол" - "Ал Насср". Таркиблар эълон қилинди  6 19:48"Ал Ҳилол" Собослаи учун 120 млн евро тўлашга тайёр  7 19:22ФИФА Покистон футбол федерациясига нисбатан қўлланган санкцияларни бекор қилди  0 18:56Роналду ким(лар)га ҳавас қилган?  10 18:28Венгер "Олтин тўп" учун 3 нафар асосий даъвогар номини айтди  22 17:59"Арсенал" ҳужумчисини сотиши мумкин  2 17:33"Реал", "Ливерпуль" ва МЮ қизиқаётган футболчига нарх белгиланди  2 17:06"Манчестер Сити" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона" собиқ футболчиси учун курашади  0 16:39Бензема "Реал"га қайтадими?  3 16:15Муҳаммадали Ўринбоевга "U-20 Осиё Кубогининг энг яхши тўпурари" соврини топширилди   5 16:00Педру Морейра "Ал Ҳилол"га қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  15 15:43Ана холос! Суперлига 1-турида клублар асосий футболчиларини майдонга тушира олмаслиги мумкин  19

Asror Aliqulov: "Biz taklif qilgan futbolchilar klubimiz chorlovini oxirgi o'ringa qo'yishdi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Biz taklif qilgan futbolchilar klubimiz chorlovini oxirgi o'ringa qo'yishdi"

Pro liganing 1-turi doirasida bugun yana bir uchrashuv o'tkazildi. G'uzorda "SHo'rtan" - "Turon" jamoalari o'zaro to'qnash keldi (1:2). Uchrashuvdan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugungi bahsga "Turon" jamoasining kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqib reja tuzgan edik. Yakkakurashlarda futbolchilarning imkoniyatlarini hisobga oldik. Biz gol urganimizdan so'ng raqib bir kishi kam bo'lib qolgach futbolchilar bo'shashishdi. SHuning evaziga g'alabani qo'ldan boy berdik. Ular darvozamizga ikkita to'p kiritishga erishishdi", - deydi Asror Aliqulov. 

- Goldan keyin o'yin suratini tushirish murabbiyning ko'rsatmasimidi? 

- Bunday ko'rsatma berilmadi. Baribir ular shoshishdi. To'pni o'zimizda ko'proq ushlashimiz kerak edi. "Turon" oddiy vaziyatdan gol urib ketdi. 

- Muhriddin Zoirovning o'yin davomidagi harakatlariga qanday baho berasiz?

- Mushaklarida muammo bo'lishi mumkin. Lekin jiddiy jarohat yo'q. O'yiniga keladigan bo'lsak, harakat qilmoqda. U bundan ham yaxshi harakat qila oladi. 

- O'tgan yili "SHo'rtan" muammolar girdobida qolgandi. Bu yil siz yig'gan tarkib g'uzorlik muxlislarga nimani vada bera oladi?

- Biz taklif qilgan futbolchilar klubimiz chorlovini oxirgi o'ringa qo'yishdi. Bir nechta variantlar o'xshamagan holda kelishligini aytishdi. SHaroitimizga rozi bo'lgan futbolchilar bilan jamoani to'ldirdik. Bugungi o'yinimiz bilan yuqori o'rinlarga harakat qilishimiz shart. Hech kimdan kam emasmiz. 

- Rahbariyat tomonidan siz so'ragan futbolchilardan nechtasi olib berildi?

- Rahbariyat moliyaviy talabni aytadi, shunga yarasha futbolchilarni jalb qilamiz. "SHo'rtan" yaxshi o'yin ko'rsatsa futbolchilarimizga qiziqish ortadi. Hozirgi homiyimiz ham qarab turmayapti. Nasib qilsa, bir ikki yilda bu futbolchilar yaxshi saviyaga chiqadi.





Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика